12:38 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Zavod kompanii Danone v Samare

Latviyalik mutaxassis Oʻzbekistondagi sut sanoati korxonalariga maslahatlar beradi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Iqtisod
Havola olish
157 0 0

Yanis Skvarnovichs Jizzax viloyatida barpo etilayotgan qattiq turdagi pishloq va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonaning qurilishida bevosita ishtirok etadi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Latviyaning mashhur sutni qayta ishlovchi "HANSA Food Comodities" kompaniyasining yetakchi mutaxassisi Yanis Skvarnovichs "Oʻzbekoziqovqatxolding" XK boshqaruv raisi Tohirjon Jalilovning sutni qayta ishlash boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Oʻzbekoziqovqatxolding" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Yanis Skvarnovichs Jizzax viloyatida barpo etilayotgan qattiq turdagi pishloq va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonaning qurilishida bevosita ishtirok etish bilan bir qatorda, sut sanoati sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalar uchun seminar va treninglar oʻtkazadi.

Yevropalik mutaxassisning jalb etilishi bilan sutni qayta ishlovchi korxonalarda gʻarb tajribasi keng miqyosda tanishtiriladi, mahsulot sifati, hajmini oshirish va uning eksportini yoʻlga koʻyish boʻyicha maslahatlar beriladi.

Yanis Skvarnovichs ishlab chiqarishni boshqarish va tashkillashtirish mutaxassisi hisoblanadi. U "Tukuma Piens" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, Latviya sut ittifoqi boshqaruv raisi, "Rīgas piena kombināts" (Riga sut kombinati) aktsiyadorlik uyushmasi boshqaruv raisi lavozimlarida ishlagan.

U shuningdek, Ozarbayjonda 500 bosh sogʻin sigirga moʻljallangan korxonani barpo etishda maslahatchi boʻlib faoliyat olib borgan. Ukrainada bolalar ozuqasi boʻyicha Baltika sut-konserva kombinatini faollashtirishda ishtirok etgan hamda Rossiyaning Tver, Lipetsk va Smolensk shaharlarida joylashgan sutni ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga maslahatchilik qilgan.

Asosiy mavzular