O‘zbekiston banki va Annexure Financial Solutions o‘rtasida bitim imzolandi

CC0 / pixabay / Rukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil boshida Annexure Financial Solutions O‘zbekiston poytaxtida o‘z vakolatxonasini ochgandi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. “O‘zqurilishbank” va Annexure Financial Solutions kompanisi 100 million dollarlik hamkorlik memorandumini imzolashdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Obyemniy logotip yevro - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 400 million yevro kredit beradi

Hujjat O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini jalb qilish va investitsiya loyihalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Ushbu bank matbuot xizmatiga ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kompaniya Toshkent va Shanxayda biznes va investitsiya forumi o‘tkazadi.    

“Bunday hamkorlik 100 million dollarlik strategik investitsiya va xorijiy kapitalni jalb qilishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini jalb qilishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qiziqishi ortishiga olib keladi”, — deb ta’kidlashdi bank matbuot xizmatida.

Annexure Financial Solutions  konsalting kompaniyasining bosh ofisi Gonkongda joylashgan. Kompaniya investorlari bilan sherikchilik aloqalarini rivojlantirish, bu borada uchrashuvlar o‘tkazishga ixtisoslashgan.

Shu yil boshida Annexure Financial Solutions poytaxtda o‘z ofisini ochgandi. Kompaniya strategik maslahat, korporativ konsalting va fond bozorini tahlil qilish kabi xizmat turlarini taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0