Anna Barsukova: Tashkent City uchun eng yaxshi tajribalar qidirildi

© Sputnik / Anton KurilkinNachalnik otdela investitsiy i realizatsii investitsionnix proyektov Tashkent City Anna Barsukova
Nachalnik otdela investitsiy i realizatsii investitsionnix proyektov Tashkent City Anna Barsukova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada kuni kecha O‘zbekiston elchixonasida Tashkent City qurilishi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Tashkent City loyihasi uchun rahbariyat butun dunyodan eng yaxshi tajribalarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga Tashkent City investitsiyalar va investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘limi boshlig‘i Anna Barsukova ma’lum qildi.

Xokim Tashkenta Artikxldjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
Jahongir Ortiqxo‘jayev: Tashkent Citydagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan

“Hozir tender savdolari o‘tkazilmoqda, bular ichida Rossiya va Amerika kompaniyalari, biz eng yaxshi tajribalarni yig‘moqdamiz… Bu Osiyo, Yaponiya va Singapur”, — deb ta’kidladi Barsukova.

Yaratuvchilar Tashkent City qurilishi poytaxt hududini yanada rivojlantirishga muhim turtki bo‘ladi deb hisoblashmoqda.

“Tashkent City navbatdagi developerlik loyiha bo‘lib qolmasdan, u bozor yaratishi zarur…”, — deb yakun yasadi u.

Barsukova: dlya Tashkent Siti iskali luchshie praktiki

Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi.

Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi.

Tashkent City loyihasi bir milliard dollar miqdorida baholanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0