21:43 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
751 0 0

Oʻzbekistonda may oyida guruch narxi keskin koʻtarildi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, guruch narxi 16,7 foizga ortdi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oʻzbekistonda suv tanqisligi sababli sholi ekiladigan maydonlar 162 mingdan 94 ming gektargacha qisqartiriladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu haqda kuni kecha Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda maʼlum boʻldi.

Yigʻilishda bu yil Oʻzbekistonda yogʻingarchilik nisbatan kam boʻlgani, buning oqibatida aksariyat hududlarda suv tanqisligi yuzaga kelgani, bunday holat  suvdan oqilona foydalanishni taqozo etishi alohida taʼkidlandi. 

“Shu maqsadda sholi ekiladigan maydonlarni 162 ming gektardan 94 ming gektarga qisqartirish, suv taʼminotida muammo boʻlmagan Sirdaryo viloyatida 7,5 ming gektar yerni Xorazm viloyati fermerlariga, Jizzax viloyatida 5,5 ming gektar yerni Qoraqalpogʻiston fermerlariga takroriy ekin sifatida sholi ekish uchun berish zarurligi qayd etildi”, — deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida. 

Suv tanqisligi kutilayotgan Qashqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpogʻistonda 10 ming gektarga kamaytirilishi maʼlum qilindi.

Ushbu hududlarda suvni kam talab etadigan mosh, loviya va boshqa ozuqabop ekinlar ekish, ularni suv manbalariga yaqin yer maydonlariga joylashtirish kerakligiga eʼtibor qaratildi. Ana shu ishlarni oʻz vaqtida, samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda may oyida guruch narxi keskiy koʻtarildi.  Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, guruch narxi 16,7 foizga ortdi. Narxlar koʻtarilishining asosiy sabablari: suv tanqisligi, oʻtgan yilga nisbatan sugʻorish suvining yetishmasligi va ekin maydonlar kamayishi taʼkidlab oʻtildi.

Asosiy mavzular