Xorijiy kompaniyalar “Tashkent City”ga 1,3 milliard dollar sarmoya kiritishga tayyor

Obuna bo‘lish
Loyiha ikki bosqichga bo‘lingan bo‘lib, birinchi bosqichni 2,5 yildan so‘ng yakunlash rejalashtirilgan.

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida Tashkent City xalqaro biznes markazi obyektlarini qurilishiga 9 ta xalqaro kompaniya 1,3 milliard dollarlik sarmoya kiritishga tayyor ekanligini bildirishdi, deb xabar qildi RIA Novosti mahalliy OAVlarga asoslangan holda.

Xokim Tashkenta Artikxldjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
Jahongir Ortiqxo‘jayev: Tashkent Citydagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Tashkent City biznes markaz qurilishi bilan tanishdi.

“Bugungi kunda 7 ta lot bo‘yicha qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Ular hududlarida 9 ta xalqaro investorlarning 1 milliard 325,6 million dollar sarmoya kiritishni nazarda tutgan loyihalarni amalga oshirish tasdiqlangan”, — deyilgan xabarda.

Investorlar tarkibida Corso Solutions LP (Britaniya), Hyper partners GmbH (Germaniya), Bomi Engineering and Construction (Janubiy Koreya). Hozirgi vaqtda bir qator xorijiy kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.

2016 yil yakunida O‘zbekiston hukumati Toshkentni rivojlantirish bo‘yicha 5-yillik dasturni tasdiqlagandi. Unga asosan 1 milliard dollar miqdorida bo‘lgan Tashkent City xalqaro biznes markazni qurilishi boshlangandi.

Nachalnik otdela investitsiy i realizatsii investitsionnix proyektov Tashkent City Anna Barsukova - Sputnik O‘zbekiston
Anna Barsukova: Tashkent City uchun eng yaxshi tajribalar qidirildi

Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi.

Qurilishni 2022-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Biznes markazni moliyalashtirish va qurilish xorijiy mablag‘lar va kompaniyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

2017 yil avgust oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tashkent City qurilishi va boshqaruvi bo‘yicha ma’muriy kengash rahbari etib tayinlandi. Loyiha maslahatchisi — Germaniyaning Drees & Sommer kompaniyasi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0