O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi – Markaziy bank

Obuna bo‘lish
Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Markaziy bank 2018-yil 1-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilindi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Milliy valyuta mustahkamlanmoqda - Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 1-iyun holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 123,6 mln AQSh dollari (2018 yil 1-may holatiga 28 352,0 mln AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 228,4 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 004,7 mln AQSh dollari, monetar oltin — 14 118,9 mln AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 025,0 mln AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-may holatiga 27 083,8 mln AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0