12:55 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Vid na gorod Tokio

Yaponiya assotsiatsiyasi oʻzbekistonlik tadbirkorlarni taklif qildi

© Sputnik / Natalia Seliverstova
Iqtisod
Havola olish
214 0 0

Tadbirkorlar aviachipta va ovqatlanish xarajatlarni toʻlaydi, mehmonxona va transport xarajatlarini Yaponiya tomon qoplaydi.

TOSHKENT, 12 iyun – Sputnik. Yaponiyaning ROTOBO assotsiatsiyasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan biznes-matching” dasturi doirasida, Yaponiyada biznes-hamkorlar topishni, prezentatsiya oʻtkazishni istagan tadbirkorlarni taklif qilmoqda, deb eʼlon qildi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi.

“Ushbu dasturning maqsadi – Markaziy osiyolik ishlab chiqaruvchi korxonalar va Yaponiyaning yuqori texnologiyali kompaniyalari orasida oʻzaro samarali hamkorlik oʻrnatishdir. Bunday hamkorlik xamkor mamlakatlarda innovatsiyalar rivojlanishiga xizmat qiladi”, — deyilgan xabarda.

Yaponiya tomon ushbu tashrif davomida Yaponiya ichida transport va turar joy xarajatlarini, uchrashuvlar tashkil qilish va tarjimolik xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi. Aviabiletlar va Yaponiyada ovqat pulini taklif qilinayotgan tadbirkorlarning oʻzlari qoplashi kerak boʻladi.

Dasturda ishtirok etishni istagan tadbirkorlar 2018 yilning 22 iyuniga qadar Xalqaro mehnat tashkilotining Tadbirkorlikka oʻqitish boshqarmasiga ariza berishlari kerak, — deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular