13:29 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Gruzovыe furы na territorii terminala

Vladimirda Oʻzbekiston mahsulotlari uchun logistika markazi quriladi

Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF
Iqtisod
Havola olish
14101

Vladimirda quriladigan logistika markaziga Oʻzbekiston mahsulotlarini oldindan toʻlovsiz olib kelish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 12 iyun – Sputnik. Buxoro viloyati hokimligi va "zbekoziqovqatxolding" XK, Oʻzbekiston mahsulotlari uchun Vladimirda logistika markazi qurishga qaror qilishdi, deyilgan Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarorida.

Logistika markazi Rossiya Federatsiyasining Vladimir shahrida joylashgan OAO “Investstroy” korxonasi ishlab chiqarish bazasi asosida quriladi. Xususan, u yerdagi mavjud binolarni qayta tiklash, yangi binolar va sovuqxonalar qurishni nazarda tutadi.

Hujjatda belgilanishiga koʻra, "Investstroy" kompaniyasi “Oʻzagroeksport” tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan toʻlov, akkreditiv yoki birinchi klass bank garantiyasi talab qilinmagan holda eksport qilish mumkin boʻlgan Rossiya kompaniyalari roʻyxatiga kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning avgust oyida tasdiqlangan roʻyxatga Rossiyaning oltita yirik chakana savdo tarmoqlari kiritilgan — AO "Tander" (Magnit), X5 Retail Group (Perekrestok), GK "Xolidey" (Kontinent), va "Mariya-Ra", "Monetka",  "Chelnы-xleb".

Oʻzbekiston OAVlari xabariga koʻra OAO "Investstroy" 1992 yilda tashkil qilingan. Uning aktsionerlari – Oʻzbekiston xususiylashtirilgan kompaniyalarga yodam berish qoʻmitasi (60%) va Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan OOO “Algor” (40%). Kompaniya faoliyatining asosiy yoʻnalishi koʻchmas mulk obʼyektlarini boshqarish va ijaraga berishdan iborat.

Asosiy mavzular