Uch oyda Rossiyadan O‘zbekistonga 700 mln dollardan ortiq pul jo‘natildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri Rossii i SShA
Denejnie kupuri Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Rossiyaga esa 103 mln dollar yuborilgan. Bu borada O‘zbekiston Qozog‘istondan keyingi o‘rinda joylashgan.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Rossiyadan O‘zbekistonga yilning birinchi choragida jami 726 mln dollar pul o‘tkazilgan. Bu haqda Rossiya Markaziy banki hisobotida ma’lum qilindi.

Ochered u bankomata - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi o‘rinda: o‘zbekistonliklar Rossiyadan uylariga qancha pul jo‘natishdi

Ma’lumotga ko‘ra, 2018-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga Rossiya fuqarolari tomonidan 200 mln dollardan, norezidentlar tomonidan esa 525 mln dollardan ortiqroq pul jo‘natilgan. Bir o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori 314 dollarni tashkil qiladi.

Shu tarzda Rossiyadan MDH mamlakatlariga pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda.

Shu davr mobaynida Tojikistonga 487 million dollar, Qirg‘izistonga 434 million dollar o‘tkazilgan.

MDH mamlakatlari orasida Rossiyaga pul o‘tkazilishi bo‘yicha Qozog‘iston 1-o‘rinda joylashgan bo‘lib, yilning birinchi choragida 328 mln dollar yuborilgan. O‘zbekistondan Rossiyaga esa 103 mln dollar yuborilgan. Bu borada O‘zbekiston Qozog‘istondan keyingi o‘rinda joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0