22:51 13 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Andrey Manoylo

Manoylo: SHHTning katta erkin savdo zonasida asosiy valyuta yuan boʻladi

Facebook
Iqtisod
Havola olish
130532

Siyosiy fanlar doktori, Moskva davlat universiteti professori Andrey Manoylo Sputnik tahririyatiga SHHT doirasida erkin savdo zonasi tashkil etilishi bilan qaysi davlatga iqtisodiy foyda keltirishi xususida oʻz fikrini bildirdi.

SHHT doirasida "katta erkin savdo zonasi" tashkil qilinmoqda.

"SHHT — bu barqaror tashkilot, u uzoq vaqtdan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ushbu tashkilot mintaqada ishonchligi, raqobatbardoshligi hamda nufuzini isbotladi. Agar erkin savdo zonasi tuzilsa, asosiy valyuta yuan boʻladi", — deya oʻz fikrini bildirdi Andrey Manoylo.
Ekspert soʻzlariga koʻra, erkin savdo zonasini tashkil qilish Xitoyning valyutasi yuan amal qilish hududini kengaytirishga qaratilgan strategik siyosatiga toʻliq mos keladi.

Manoylo SHHTga kiruvchi davlatlar Xitoy manfaatlari uchun ishlashini taʼkidladi.

Asosiy mavzular