O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi

Obuna bo‘lish
Ish haqi hamda penciyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018-yilning 15-iyulidan boshlab mazkur farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida" farmonni imzoladi. Farmon matni Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida berilgan.

Djamshid Kuchkarov - Ministr finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosari: soliq tizimi adolatli bo‘lishi kerak

Farmon talablariga ko‘ra, 2018-yil 15-iyulidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshiriladi.

Davlat rahbari imzolagan hujjatga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

— ish haqi — oyiga 184 300 so‘m;

— yoshga doir penciyalar — oyiga 360 460 so‘m;

— bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 360 460 so‘m;

— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida etib belgilanadi.

Ish haqi hamda penciyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018-yilning 15-iyulidan boshlab mazkur farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0