06:25 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
102630

Astana Motors kompaniyasi Qozogʻiston bozorida 11 ta brenddagi avtomashinalarni yetkazadi, ulardan Hyundai, Subaru, BMW i MINI, Rolls-Royce, Toyota, Lexus, Jaguar Land Rover, Volvo.

TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Astana Motors kompaniyasi Oʻzbekistonda Hyundai yengil avtomashinalarini sotish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Astana Motors kompaniyasi rahbari Nurlan Smagulov maʼlum qildi. Kun.uz nashri xabariga asosan.

"Biz hozir mavjud boʻlgan eng "mazali" brenlarni olib, taqdimot oʻtkazmoqdamiz. Shu bilan biz hozir Oʻzbekistonda distribyutsiya olganmiz. Bu biz uchun muhim chaqiruv — katta iqtisodiyoti va aholisi koʻp boʻlgan qoʻshni davlatga kirib borish va u yerda eng yirik Janubiy Koreyaning brendini taqdim etish", — deb taʼkidladi Nurlan Smagulov.

Astana Motors kompaniyasi bir necha yillar davomida eksport uchun chegaralarni ochilishiga umid bilan Oʻzbekiston tomon qarab turgandi.

Qoʻshni davlatlar bozorlariga chiqishni hisobga olgan holda ushbu mashinalarni yigʻish boʻyicha kompaniya zavodi qurildi.

Astana Motors kompaniyasi Qozogʻiston bozorida 11 ta brenddagi avtomashinalarni yetkazadi, ulardan Hyundai, Subaru, BMW i MINI, Rolls-Royce, Toyota, Lexus, Jaguar Land Rover, Volvo. Astana Motors mashinalarni Rossiyada sotmoqda, kelgusi istiqbolda MDHning boshqa davlatlarning bozorlariga chiqishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Namanganda Hyundai yuk mashina va avtobuslar: yuk koʻtarish quvvati 1-50 tonnagacha boʻlgan avtomashinalar, shaharlararo va halqaro va turistik avtobuslarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar berilgandi. Boshlangʻich bosqichda kuniga 8-20 dona, yilda 1000 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Uch yil ichida bu koʻrsatkich 3 ming donaga yetkaziladi.

Asosiy mavzular