Rossiyada o‘tgan oyda birorta Ravon avtomobili sotilmadi

© Sputnik / Vadim ShekunRavon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone
Ravon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 5 oyda jami 5 184 dona Ravon brendidagi mashinalar sotilgan.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiyada shu yil iyun oyida birorta Ravon avtomobili sotilmadi. Biroq o‘tgan yil iyun oyida jami 1239 dona avtomobil sotilgan edi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining navbatdagi hisobotida ko‘rsatilgan.

Hisobotga ko‘ra, shu yil 5 oyida jami 5 184 ta Ravon (2017 yil shu davrda — 4 946) brendidagi mashinalar sotilgan.

Rossiya bo‘yicha 2018-yil yanvar — iyun oylarida jami 849 221 dona (2017 yil shu davrda — 718 600 dona) avtomobil sotilgan, o‘sish 18,2 foizga ko‘paygan. Iyun oyida esa 156 351 dona (2017 yil iyunda — 141 090 dona) avtomobil sotilgan 10,8 foizga oshgan.

Barcha eng ko‘p sotilgan yangi avtomobil modellar yetakchi o‘ntaligiga mahalliy ishlab chiqaruvchilar kirgan.

Yangiliklar lentasi
0