O‘zbekiston Yoqutistonga meva-sabzavot eksportini oshirmoqchi

© Sputnik / StringerPlodoovoshnaya yarmarka v Tashkente
Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida yiliga 2,5 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.

TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Surxondaryo viloyati rahbariyati Yoqutistonga qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish hajmini ko‘paytirishni muhokama qilish maqsadida ushbu o‘lkaga tashrif buyurdi. Bu haqda Yoqutiston axborot agentligi xabar berdi.

“Bizning meva va sabzavotlarimiz tabiiy sharoitlarda yetishtiriladi, ular organik hisoblanadi. Mahsulotlarimizni Yoqutiston va butun Sibirga eksport qilishni istaymiz”, dedi Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari To‘ra Bobolov Yoqutiston bosh vaziri o‘rinbosari Denis Belozerov bilan uchrashuvda.

O‘zbekiston delegatsiyasi 9-iyulga qadar importer korxonalar va magazinlar rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, milliy diaspora vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazish belgilangan.

Surxondaryo viloyatida yiliga 2,5 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0