O‘zbekiston Afg‘onistonga chegara oldi savdosini rivojlashtirishni taklif qildi

Ministr vneshney torgovli RU Jamshid Xodjayev posetil Afganistan s ofitsialnim vizitom
Ministr vneshney torgovli RU Jamshid Xodjayev posetil Afganistan s ofitsialnim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston Termizda Afg‘oniston konsulxonasini ochishga kelishib oldi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga chegara oldi savdosini rivojlantirish, tranzit qilish uchun qulay sharoit yaratish hamda tarif va bojlarni kamaytirishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bu takliflar O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri X.Raso bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi.

Tomonlar o‘zaro tashqi savdoni yanida rivojlantirishga qiziqish katta. Bunga iyun oyida Termezda davlat va xususiy sektor o‘rtasida uchrashuvlarining birinchi raundi navbatdagi turki bo‘ldi.

"Biz oxirgi vaqtda o‘zaro savdo ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda afg‘on sarmoyasi ishtirokida 110 ta korxona ish faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu vaqtning o‘zida Afg‘onistonda O‘zbekiston rezidentlari ishtirokida 8 ta korxona tuzildi", — deb ta’kidladi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.

O‘tgan yil yakuni bo‘yicha ikki tomonlama savdo 19 foizga ko‘paydi va 617,1 million dollarni tashkil qildi, shu yilning besh oy davomida bu ko‘rsatkich 15 foizga ko‘paydi va 286,7 million dollarga yetdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrifining birinchi kunida savdo, transport, infratuzilma loyihalarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi, shuningdek, dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha komissiya tuzish muhimligi alohida qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0