02:09 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Teplitsы

Oʻzbekistonda yana bir erkin iqtisodiy zona tashkil etildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
38620

Yangi erkin iqtisodiy zonada issiqxonalar qurish uchun konstruktsiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Buxoro-Agro" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi, deb xabar qildi Adliya Vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorga muvofiq Buxoro viloyatida "Buxoro-agro" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

"Buxoro-agro" EIZning faoliyat koʻrsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.

"Buxoro-agro" EIZning asosiy vazifasi — issiqxonalar qurish uchun konstruktsiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ularning eksport hajmini oshirish belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar Oʻzbekistonda 16 ta erkin iqtisodiy zona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bular "Navoiy", "Angren", "Jizzax", "Urgut", "Gʻijduvon", "Qoʻqon", "Hazorasp", "Sirdaryo", farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Boʻstonliq-farm", "Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalari shuningdek, turizmga ixtisoslashgan "Chorvoq" erkin turistik zonasi.

Asosiy mavzular