23:54 13 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Mujchinы vo vremya sbora xlopka

Oʻzbekistonda qoʻlda terilgan bir kilo paxta uchun 700-800 soʻm toʻlash taklif qilinmoqda

© Facebook / O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
Iqtisod
Havola olish
732 0 0

Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasida paxta yigʻim-terimida terimchilarga 1 kilo paxta uchun 700-800 soʻm haq toʻlash qayd etilgan.

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining "2018 yil hosili paxta xom ashyosini yigʻib-terib olish bosqichlarida mehnatga haq toʻlash tarif stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasiga koʻra, qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta xom ashyosi uchun toʻlanadigan mehnat haqini birinchi bosqichda — 700 soʻm, ikkinchi bosqichda — 800 soʻm qilib belgilash taklif qilingan.

Mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 350 000 soʻmdan xizmat haqi toʻlash taklif qilinmoqda.

Paxta yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat boʻlgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Moliya vazirligi "Oʻzpaxtasanoat" aktsiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2018 yil hosili paxta tolasi uchun ulgurji narxlar preyskurantini ishlab chiqiladi.

Paxta xom ashyosi uchun paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan joriy yil 31 dekabriga qadar toʻliq hisob-kitob qilinadi. 

Asosiy mavzular