10:17 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Oʻzbekiston va Qatar savdo va transport aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldi

© Press slujba Minvneshtorga Respubliki Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
87 0 0

Uchrashuvda transport va kommunikatsiya tizimini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligida Qatar Savdo-sanoat-palatasi yuridik boshqarma boshligʻi Abdulaziz al-Quvari boshchiligidagi Qatar davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

“Uchrashuvda eksportni rivojlantirish, xususan, avtomobillar va yuk mashinalari, elektr tovarlar, kimyoviy moddalar, shuningdek, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari kabi Qatarga bir qator mahsulot yetkazib berish imkoniyati boʻyicha fikr-mulohazalar bildirib oʻtildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda transport va kommunikatsiya tizimini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Asosiy mavzular