10:08 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
500 0 0

"Bitta kamar bitta yoʻl” loyihasi Oʻzbekistonni Fors koʻrfazining dengiz portlariga olib chiqadi - Norov.

TOSHKENT, 19 iyul – Sputnik. Xitoy tomonidan eʼlon qilingan “Bitta kamar bitta yoʻl” loyihasini Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchilar qatorida qoʻllab quvvatlagan edi, deydi Vladimir Norov 18 iyul kuni Xalqaro press-klubda boʻlib oʻtgan anjumanda.  

"Oʻtgan yili Xitoyda ushbu tashabbusga bagʻishlangan forumda, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston nomidan ishtirok etib uchta tashabbusni eʼlon qilgan edi:

Birinchidan, “Bitta kamar bitta yoʻl” oʻtgan yoʻnalishlar boʻylab ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi.

Ikkinchidan, loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlar orasida madaniy gumanitar aloqalarni va turizmni rivojlantirish.

Uchinchidan, ushbu loyihaning forumlaridan birini Oʻzbekistonda tashkil qilish.

“Bitta kamar bitta yoʻl” loyihsi oʻzbekiston uchun juda muhim loyihadir, chunki u bizning mamlakatni Fors koʻrfazining dengiz portlariga olib chiqadi. Maʼlumki Oʻzbekiston dengiz portlariga chiqish imkoniyati cheklangan mamlakatlardan biri.

Yuqorida qayd etilgan loyiha hamda "Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy" temir yoʻli qurilishi loyihasi - Oʻzbekiston uchun eng muhim tashabbuslardan biridir, chunki transprt kommunikatsiyalarini rivojlantirish – bu hududdagi mamlakatlar orasida munosabatlarni rivojlantirishda birinchi darajali masalasidir”, - deydi Vladimir Norov.

Asosiy mavzular