11:50 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak». Uzbekistan

Jizzaxda xalqaro investitsion forum boʻlib oʻtadi

© Uztelecom
Iqtisod
Havola olish
109 0 0

Jizzax viloyati sarmoyadorlarni jalb qilish uchun investitsion forum oʻtkazishini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 25 iyul – Sputnik. Davlat Investitsiyalar qoʻmitasi hamda Jizzax viloyati hokimiyati, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018 yilning 29-30 avgust kunlari kuni Jizzax xalqaro investitsion forumini oʻtkazadi, deb xabar qilmoqda tadbir tashkilotchilari.

Investitsion forum ilk bor “Jizzax” erkin iqtisody zonasi hududida boʻlib oʻtadi. Ikki kunlik forum doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

· Biznes forum

· Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi

· V2V koʻrinishidagi kooperatsion birja

· Viloyat sanoat korxonalariga ekskursiya

· Viloyat rahbariyati tomonidan rasmiy qabul va kontsert dasturi

· Jizzax viloyatining turistik salohiyati bilan tanishish

“Ushbu forumni oʻtkazishdan maqsad – xalqaro ishbilarmonlik doiralari vakillarini Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan tanishtirish, tadbirkorlik subʼyektlari va investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish”, - deyilgan xabarda.

Jizzax investitsion forumiga Oʻzbekistonning taaluqli vazirlik va muassasalari vakillari, xorijiy sarmoyadorlar, diplomatik korpus vakillari, xalqaro moliya tashkilotlar vakillari, xorijiy va mahalliy OAVlar vakillari taklif qilingan.

Forum tadbirlari bepul, lekin ishtirokchilar oʻzlari uchun mehmonxona va ovqatlanish harajatlarini qoplashi kerak boʻladi. Forumda ishtirok etish uchun quyidagi manzilda roʻyxatdan oʻtish kerak. http://bit.do/escdq

Asosiy mavzular