12:13 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Vstrecha Alishera Sultanova i Seyfa Gasemi

AQSH Oʻzbekiston neft-gaz sohasiga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini maʼlum qildi

Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"
Iqtisod
Havola olish
276 0 0

Neft-gaz, kimyo va metallurgiya sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasida aniq takliflar ishlab chiqish rejalashtirildi.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari Alisher Sultonov bilan uchrashuv davomida Seyfi Gasemi soʻz olib, kompaniya rahbariyati istiqbolli va xorijiy investorlar uchun xavfsiz davlatlar deb tan olingan Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Oʻzbekistonga investitsiya kirish borasida qaror qabul qilgani haqida maʼlum qildi, deb xabar qildi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Bunday qarorga kelishdan oldin, Air Products kompaniyasi Macro-Advisory konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda dunyoning istiqbolli davlatlarini aniqlash maqsadida mustaqil audit oʻtkazgan.

Gasemining taʼkidlashicha, Air Products kompaniyasi Oʻzbekistonga uzoq muddatli toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni kiritishdan manfaatdor va Oʻzbekiston bozorida toʻla qonli ishtirokchiga aylanish istagida.

Vstrecha Alishera Sultanova i Seyfa Gasemi
Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"
Vstrecha Alishera Sultanova i Seyfa Gasemi

Kompaniya respublika iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya va boshqalar, ehtiyoji uchun sanoat gazini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, tabiiy gazdan polimerlar ishlab chiqarish boʻyicha loyihaga ham yuqori qizish bildirilmoqda. 

Seyfi Gasemi, shuningdek, dunyoning yetakchi neft va gaz kompaniyalari (Total, British Petroleum, SOCAR, UOP Honeywell va boshqalar) top-menejerlari uchrashuvini Oʻzbekistonda oʻtkazish taklifini ilgari surdi. 

Vstrecha Alishera Sultanova i Seyfa Gasemi
Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"
Vstrecha Alishera Sultanova i Seyfa Gasemi

Uchrashuv natijasida tomonlar qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.

Ushbu guruh tarkibini Air Products kompaniyasi yetakchi mutaxassislari va UYEM korxonalari vakillari tashkil etadi. Ikki oy muddatda neft-gaz, kimyo va metallurgiya sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasida aniq takliflar ishlab chiqish rejalashtirildi. 

Kun yakuniga qadar qoʻshma loyihalar boʻyicha ishlar rejasi ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular