13:18 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Muratjon Azimov - Predsedatel GTK

Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qoʻmitasi raisi javobi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
63111

Xalqaro aeroportlarda yashil va qizil yoʻlaklar, valyuta sohasidagi oʻzgarishlar joriy etilib, bir qator bojxona tartib taomillari soddalashtirildi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Kuni kecha Xalqaro press klubda “Bojxona: islohotlarning yangi davrdagi muhim vazifalari” mavzusida sessiya boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Sessiyada Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyati, tadbirkorlar va OAV vakillari qatnashdi.  

Sessiya boshida Davlat bojxona qoʻmitasi raisi, bojxona xizmati general-mayori Murodjon Azimov tadbirkorlar uchun joriy etilgan qulayliklar haqida batafsil axborot berdi.

“Bojxona sohasida prezidentimiz tomonidan alohida eʼtiborlari tufayli tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Agar eʼtibor beradigan boʻlsak, 2017 yil 22 dekabrda prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi murojaatnomasida bojxona sohasidagi tartib taomillari murakkabligi, bojxona rejimlari koʻpligi, yuklarni qayta-qayta rasmiylashtirish jarayoni boʻlayotganligi, bojxona organlarida xavfdan ogoh etish tizimi yoʻlga qoʻyilmaganligi - bu tadbirkorlarimizning rivojlanishiga, ularning vaqti, mablagʻini ortiqcha sarflanayotganligi tanqid ostiga olib, bizning oldimizga qator vazifalar qoʻygan edilar”, - deb taʼkidladi bojxona qoʻmita raisi.

Murodjon Azimov soʻzlariga koʻra, bu borada bojxona tartib taomillari oʻzgartirildi, prezidentning 2018 yil 22 apreldagi davlat bojxona organlari tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi tarixiy farmonlari eʼlon qilindi.

2018 yildan boshlab xalqaro aeroportlarda yashil va qizil yoʻlaklar joriy etildi. Bu Oʻzbekiston fuqarolari va xorijdan kelayotgan turistlar bojxonada erkin va qisqa muddatda harakatlanish imkoniyatini yaratdi.

“Shaxsan yurtboshimiz topshirigʻi bilan valyuta sohasida ham oʻzgarishlar boʻldi. Yoʻlovchilarimiz 2000 AQSH dollariga miqdordagi chet el valyutasi deklaratsiya toʻldirmasdan olib chiqib ketish vakolatiga ega boʻldilar. Qolaversa, deklaratsiyada koʻrsatib, ekvivalenti 5000 AQSH dollariga teng boʻlgan chet el valyutasini olib chiqib ketish vakolatiga ham ega boʻldilar. Oldinlari bunday narsalar yoʻq boʻlgan, fuqarolarimizning qanchadan-qancha shikoyatlariga sabab boʻlardi. Bundan tashqari 2018 yil 1 iyulidan boshlab bojxona organlari ayrim bojxona bilan bogʻliq tartib tamoyillari ruxsatnoma berar edi. Mana shunday ruxsatnomalar berishning 10 tasi bekor qilindi. Bu albatta har biri tadbirkorlarimiz manfaatiga xizmat qiladi”, - dedi Murodjon Azimov.

Shuningdek, bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari litsenziyalari cheklanmagan muddatga berilishi ham eʼlon qilindi.

“Oldin TIF qatnashchilari bojxona brokeralari murojaat qilishar edi. Yuk deklaratsiyasi bilan, deklarant degan tushunchalar bor edi. Agar xalq tilida gapiradigan boʻlsak, ular orqali bojxona xodimlari inspektorlariga chiqishar edi. Endi hech kimga sir emas, koʻpchilik biladi, deklarantlar bojxona, yuk egasi bilan bojxonachilar oʻrtasida “oʻrtakash” boʻlib qolgan desak boʻladi. Mana shu narsani prezident qarori bilan bekor qilindi. Endi TIF ishtirokchisi oʻzining uyidan turib ham, ofis, ishxonadan turib ham yuk deklaratsiyasini elektron tarzda internet orqali bojxonaga yuborishi mumkin. Bu narsalar hammasi soddalashtirildi”, - deb taʼkidladi qoʻmita raisi.  

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi soʻzlariga koʻra, chet elga koʻrgazmalar olib chiqmoqchi boʻlgan tadbirkorlar ruxsatnoma, Vazirlar Mahkamasining qarori, bojxonadan oʻtkar, juda koʻp hujjat kerak boʻlar edi. Hozirgi kunda esa 5000 dollargacha miqdorda boʻlgan koʻrgazma uchun oʻzining tadbirkorlik faoliyati reklama qilish uchun olib chiqadigan tadbirkorlarga soddalashtirildi.

“Bojxona idoralarda ham eksportga amaliy yordam telegramm – kanali ishga tushdi. Unga hozirgi kunda 3 mingga yaqin tadbirkorlar aʼzo. Har bir savol-javob alohida bojxona idorasiga murojaat etmasdan yoki telefon qilmasdan telegrammga yozsa, har bir viloyat boshqarmalarida bojxona nazoratini tashkil etish boʻlimalari doimiy onlayn rejimida kuzatib borishadi va oʻz vaqtida javob berishadi”, - deb qoʻshimcha qildi Murodjon Azimov.

Asosiy mavzular