12:20 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Inyaminov Axtamxon - nachalnik glavnogo tarifnogo upravleniya GTK

Oʻzbekistonga xorij avtomobillarini import qilish masalasida aniq javob berildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
587666

XPK sessiyasida Oʻzbekistonga xorijiy avtomobillarni import qilish masalasi boʻyicha bojxona qoʻmitasi bosh boshqarma boshligʻi javob berdi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Kuni kecha Xalqaro press klubning navbatdagi "Bojxona: islohotlarning yangi davrdagi muhim vazifalari" mavzusida sessiya boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Sessiyada Davlat bojxona qoʻmitasining mutasaddi rahbarlari, tadbirkorlar hamda jurnalistlar qatnashdi.  

Yigʻilish davomida Oʻzbekistonga xorij avtomobillarini import qilish masalasi boʻyicha bojxona qoʻmitasinig mutasaddi rahbarlaridan biriga savol berildi.

“Haqiqatdan ham prezidentimizning qarorida 2019 yil 1 yanvardan boshlab 40 ming AQSH dollaridan yuqori qiymatidagi avtotransport vositalar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan boʻlsa 20 foiz qoʻshilgan qiymat soligʻi, 20 foiz aktsiz soligʻi, import bojxona boji 0 darajaga keltirildi. Qolgan holatlarda qarorda belgilangan tartibda, 40 ming dollardan past qiymatdagi avtotransportlar belgilangan stavkalar asosida toʻlanib, rasmiylashtiriladi. Avvalgidan farqi shundaki, 40 ming dollardan ortiq avtotransport normada nazarda tutilmagan va aktsiz soligʻi baland edi. Shuningdek, import bojxona boji belgilangan stavkalarda boʻlgan. Hozirda import bojxona boji 0 darajada boʻldi va aktsiz soligʻi 20 foizga tushirildi”, - deb javob berdi DBQning bosh boshqarma boshligʻi Ahtamxon Inyaminov.               

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular