04:33 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Uzbeksko-koreyskiy tekstilnыy texnopark

Shayxontohur tumanida texnopark tashkil etiladi

Press-slujba Uzbekengilsanoat
Iqtisod
Havola olish
29911

Tumanning Oqlon mahallasida boʻsh turgan joyda tijorat banklari ishtirokida toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar joylashadigan texnopark tashkil etish rejalashtirilgan. 

TOSHKENT, 10 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Tumanning Oqlon mahallasida boʻsh turgan joyda tijorat banklari ishtirokida toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar joylashadigan texnopark tashkil etish rejalashtirilgan.   

Shu yerda yengil sanoat tarmogʻiga investitsiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.

“Davlatimiz rahbari sanoatni innovatsion rivojlantirish, xorijiy tajribani oʻrganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor koʻchasidagi yangi qurib bitkazilgan koʻprik va Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini borib koʻrgandi.

Asosiy mavzular