21:47 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34

Oʻzbekiston oltin – valyuta zahiralari 347 million dollarga kamaydi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Iqtisod
Havola olish
52901

Oʻzbekiston oltin – valyuta zahiralari 347 million dollarga kamaydi – Markaziy bank

TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining yalpi oltin – valyuta zahiralari 2018 yilning 347 million dollarga kamaydi (1 avgust holatida), deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati. 

“Joriy yilning iyul oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 270,6 mln. AQSH dollariga pasayishi kuzatildi. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1250,55 dan 1219,20 doll./tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi”, - deyilgan rasmiy xabarda.  

Shuningdek, Markaziy bank Oʻzbekiston yalpi oltin-valyuta zaxiralarining oxirgi ikki yil davomida oʻzgarishi haqida quyidagi statistik maʼlumotlarni ham eʼlon qilgan:

Sana  01.01.2017 01.01.2018 01.04.2018 01.07.2018 01.08.2018
Mln. $ 26 428,8 28 076,9 28 494,0 27 660,5 27 389,9

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Asosiy mavzular