18:47 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA. Arxivnoye foto

Oʻzbekiston iqtisodga dollar taʼsirini kamaytirmoqda

© Sputnik / Mixail Kutuzov
Iqtisod
Havola olish
112630

Bundan buyon tijorat banklarining Markaziy bankda saqlanadigan majburiy rezervlari asosan milliy valyutada boʻladi.

TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki tijorat banklarining Markaziy bankda saqlanadigan majburiy rezervlariga doir muhim oʻzgartirishlar kiritdi.

Pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan choralar doirasida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan majburiy rezervlar tartibi va meʼyorlariga, joriy yilning 1 oktyabridan amal qilinishi koʻzda tutilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan: 

- majburiy rezervlarni tijorat banklar tomonidan jalb qilingan majburiyatlarning valyutasidan qatʼiy nazar faqat milliy valyutada shakllantirish boʻyicha tartib oʻrnatilmoqda;

- yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari boʻyicha meʼyorlari bir xillashtirilmoqda;

- yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy rezervlar meʼyorlari pasaytirilmoqda;

- chet el valyutasidagi depozitlar boʻyicha majburiy rezervlar uchun nisbatan yuqori meʼyorlar kiritilmoqda.

Masalan, yangi tartib boʻyicha, yuridik va jismoniy shaxslarning muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan depozitlari miqdori milliy valyutada saqlangan holda - 2% boʻlishi, xorijiy valyutada saqlangan holda - 7 % boʻlishi talab qilinadi. 

Ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning muddati bir yilgacha boʻlgan depozitlari miqdori, milliy valyutada saqlangan holda - 4%, xorijiy valyutada saqlangan holda - 14 % boʻlishi talab qilinadi. 

Bank xabarida aytilishiga koʻra, ushbu oʻzgartirishlardan quyidagi natijalar kutilmoqda:

  • milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha foiz stavkalarining jozibadorligini oshirish;
  • iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirish;
  • bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishda bozor mexanizmlarining samaradorligini oshishi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi inflyatsiyaning prognoz darajasi va foiz stavkalari dinamikasidan kelib chiqib, kelgusida pul-kredit siyosati taʼsirchanligini oshirish maqsadida uning instrumentlariga Markaziy bank tomonidan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boriladi.

Asosiy mavzular