13:46 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Misr prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi (9)
366 0 0

Misr prezidenti as-Sisining ilk bor Oʻzbekistonga tashrifi doirasida iqtisodiy, madaniy, huquqiy va diplomatik sohalarda 12ta hujjatlar imzolandi

TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. Bugun Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining tashrifi davomida ikki davlat oʻrtasida 12ta hujjat imzolandi, deb xabar qildi Koʻksaroyda oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Quyida imzolangan hujjatlar roʻyxati bilan tanishing:

1. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi oʻrtasida yoshlar sohasida xamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi;

2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi oʻrtasida sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi;

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va yerlarni uzlashtirish vazirligi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi;

4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum;

V rezidentsii Kuksaroy sostoyalis peregovorы Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Arabskoy Respubliki Yegipet Abdulfattaxa as-Sisi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qadimiy yodgorliklar vazirligi oʻrtasida arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim;

7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari boʻyicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish tugʻrisida Bitim;

8. Oʻzbektiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2019-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturi;

9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarini vizadan ozod etish toʻgʻrisida Bitim;

10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi bilan Misr Arab Respublikasi Investitsiyalar va erkin xududlar boʻyicha Bosh direktsiyasi oʻrtasida ikkitomonlama investitsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida anglashuv Memorandumi;

11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;

12. Oʻzbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining qoʻshma bayonoti qabul qilindi.

Mavzu:
Misr prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi (9)

Asosiy mavzular