14:21 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pervыy avtobus Samarkan - Pendjikent

Samarqand – Panjakent xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Bojxona qoʻmitasi
Iqtisod
Havola olish
279 0 0

Samarqand va Tojikistonning Panjakent shaharlari orasida doimiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Tojikistonning Panjakent shahridan Samarqandga birinchi xalqaro avtobus yetib keldi, deb xabar qilmoqda Davlat Bojxona qoʻmitasining matbuot xizmati.

Ushbu yilning 8 sentyabr kuni “Samarqand – Panjakent – Samarqand” yoʻnalishida birinchi xalqaro avtobuslar qatnovi amalga oshirildi. Birinchi avtobusda 37 nafar delegatsiya aʼzolari chegarani kesib oʻtishdi.

“Jartepa” chegara-nazorat punktida yaratilgan qulay sharoitlar yoʻlovchilarni quvontirdi. Samarqand va Panjakent shaharlari orasida masofa 70 kilometr. Ushbu yoʻlni bosib oʻtish hamda ikki chegara nazorat punktlaridan oʻtish uchun yoʻlovchilar jami 1 soatu 30 daqiqa sarflashdi.

 “Oʻzavtotrans” agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi masʼul xodimining aytishicha, kuniga 2 ta avtobus qatnovi amalga oshiriladi: Samarqanddan Panjikentga, Panjikentdan Samarqandga harakatlanadi. Avtobuslar harkatlanish manzili Samarqand avtoshoxbekatidan Panjikent avtoshoxbekatiga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Tojikiston orasida munosabatlar iliqlashuvi ushbu yil boshida ikki davlat rahbarlarining doʻstona munosabatlari hamda oʻzaro uyushtirilgan tashriflardan keyin boshlangan edi.

Asosiy mavzular