22:29 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Proverka dollarov na podlinnost

Rossiyadan eng koʻp pul oʻtkazmalari Oʻzbekistonga joʻnatilgan

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Iqtisod
Havola olish
295 0 0

2018 yilning 2 kvartalida Rossiyadan Oʻzbekistonga bir milliard dollardan oriq mablagʻ joʻnatildi.

TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha yetakchilik qilmoqda, deyilgan  Rossiya Markaziy banki xabarida.

“2018 yilning ikkinchi kvartalida Rossiyadan Oʻzbekistonga bir milliard dollardan ortiq mablagʻ kelib tushdi. Ulardan 759 million $  – Oʻzbekiston fuqarolaridan va 318 million $ Rossiya fuqarolaridan. Har bir oʻtkazmaning oʻrtacha miqdori 375 $ ni tashkil qildi”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekistondan Rossiyaga oʻtkazilgan mablagʻlar miqdori 95 million dollarni tashkil qildi.

Taqqoslash uchun ushbu davr ichida Rossiyadan Tojikistonga 672 million dollar oʻtkazilgan, Qirgʻizistonga esa 681 million $.

Eslatib oʻtamiz, 2014 yilga qadar Rossiyadan Oʻzbekistonga oʻtkazilayotgan mablagʻlar hajmi yiliga oʻrtacha 5,5  mlrd $ni tashkil qilar edi. 2015, 2016 yillarda, Rossiyada dollar kursining oʻsishi oqibatida, ushbu oʻtkazmalar hajmi oʻrtacha 2 baravar kamaydi (2,7 mlrd$) . 2017 yildan boshlab oʻtkazmalar hajmi oshishi kuzatila boshladi (3,9 mlrd$) .

Asosiy mavzular