O‘zavtosanoat: 73 kunda 38 mingdan ortiq avtomobil sotildi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zavtosanoat” AJ rahbariyati savdo tizimini o‘zgartirish hamda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berishdagi uzilishlarni oldini olish borasida strategiyani qayta ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. “O‘zavtosanoat” AJ joriy yilning 1-yanvaridan 30-iyuniga qadar 76 087 dona “GM Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilgan avtomobil sotilganini ma’lum qildi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qo‘ydi

Biroq ushbu davr mobaynida xaridorlarda avtomobilni yetkazib berish muddatlari borasida noroziliklar yuzaga keldi.

Xabarda aytilishicha, “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyati ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, savdo tizimini o‘zgartirish hamda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berishdagi uzilishlarni oldini olish borasida strategiyani qayta ko‘rib chiqdi, bu esa aholi o‘rtasida eng talabgir avtomobillarga mavjud talabni qondirishni boshlash imkonini berdi.

“joriy yilning 1-iyulidan 12-sentabriga qadar 38549 avtomobil sotildi, shundan 42% avtomobil shartnomada ko‘rsatilgan muddatidan avval, 16% holatda esa 10 kungacha bo‘lgan muddatda xaridorga yetkazildi. Kompaniya xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda avtomobillarning barcha modellari yetkazib berish muddatini qisqartirish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni davom ettiradi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0