O‘zbekistonda bo‘lka non bozor narxida sotiladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishBuxanka, xleb
Buxanka, xleb - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
15 sentabrdan boshlab “buxanka” non erkin bozor narxi bo‘yicha sotiladi.

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. O‘zbekistonda qolipli nonni erkin bozor narxida sotish bo‘yicha yangi tartib belgilandi.

Tandirdan chiqqan quyosh: obi non qanday tayyorlanadi - Sputnik O‘zbekiston
Tandirdan chiqqan "quyosh": obi non qanday tayyor bo‘ladi

O‘zbekiston hukumati non narxini tartibga solishni to‘xtatmoqda. Bu haqda Adliya vazirligining Telegrammdagi "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

2014 yildan qolipli non narxi O‘zbekiston bozorlarida 650 so‘mni tashkil qilib kelgan.

Yangi qabul qilingan Hukumat qaroriga muvofiq 2018 yil 15-sentabrdan bir kilogramm 1-nav bug‘doy unining ulgurji narxi 1 400 so‘m etib belgilandi.

Hujjatda aytilishicha, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018-yil 1-oktabrdan boshlab un va qolipli non olish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 so‘m) miqdorda kompensatsiya to‘lovi to‘lab beriladi.

Yangiliklar lentasi
0