07:17 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Murodjon Azimov - Predsedatel GTK

Xavfni boshqarish tizimini yaratdik - bojxona qoʻmitasi raisi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
107820

Bojxona qoʻmita tomonidan 40 ortiq avtomashlashtirilgan axborot tizimlari va 12 ta elektron xizmatlar joriy etilgan.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oliy majlis Senatining yalpi majlisida Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Murodjon Azimov bojxona tizimida joriy etilgan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.  

“Hozirgi kunda davlat bojxona tizimida  “bojxona posti-hududiy bojxona boshqarmasi-bojxona qoʻmitasi” zanjiri axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan. Bu onlayn, real rejimda amalga oshiriladi. Axborotlarni olamiz, toʻplaymiz va tahlil qilinib tizimga joriy qilamiz”, - dedi Murodjon Azimov.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda qoʻmitada 40 ortiq avtomashlashtirilgan axborot tizimlari va 12 ta elektron xizmatlar joriy etilgan.

“Hozir hech qanday vazirlik axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirmasdan turib faoliyat olib bora olmaydi. Shu nuqtai nazardan joriy yil oʻtgan 8 oyi davomida bojxona tizimida qoʻshimcha 8 ta yangi axborot tizimlari joriy etildi”, - deb taʼkidladi bojxona qoʻmitasi rahbari.

Murodjon Azimovning soʻzlariga koʻra, 1 avgustdan boshlab bitta deklaratsiyani rasmiylashtirish uchun 2 soatdan ortiq vaqt sarflangan boʻlsa, bu hammasi dasturga kiritilgandan keyin 2-3 daqiqalik vaqtda taʼminlanayapti.

“Shu yil 1 sentyabrdan boshlab xavfni boshqarish tizimini yaratdik va bu hozirda sinovdan oʻtyapti. 2019 yil 1 yanvardan boshlab toʻlaqonli ishga tushiriladi. Bu bojxona xodimlarimizni vaqtini, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining vaqti va mablagʻini tejashga xizmat qiladi”, - dedi bojxona qoʻmitasi raisi.   

Qoʻmita raisi oxirgi ikki yil davomida qoʻshni davlatlar bilan keskin suratlarda tovar aylanuvi oshganligi, yaqin qoʻshnichilik munosabati bilan fuqarolarimiz qatnovi bir necha barobarga koʻpayganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

"Faqat bojxona xizmati xodimlari sonini koʻpaytirish bilan buni tartibga solish juda qiyin. Shuning uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilingan holda, birinchi navbatda xavfsizlikni taʼminlagan holda ish jarayonlarimizni amalga oshiramiz. Yil yakuniga qadar temir yoʻl liniyalarda 5 ta inspektsion koʻrik majmualari oʻrnatishimiz kerak”, - deb qoʻshimcha qildi qoʻmita raisi.

Eslatib oʻtamiz, senatorlar “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun (yangi tahrirda) maʼqullashdi.

Asosiy mavzular