05:33 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Shoxrux Aminov

Aholi debitor qarzdorligi keskin oshib ketmoqda – MIB direktori oʻrinbosari

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Iqtisod
Havola olish
351830

Toʻlov qobiliyati boʻla turib toʻlamayotgan isteʼmolchilar koʻpchilikni tashkil qiladi – deb taʼkidladi MIB vakili.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. XPK sessiyasida Majburiy ijro byurosi direktori oʻrinbosari Shoxrux Aminov isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun undirilgan toʻlovlar, mavjud muammolar haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Undirilgan mablagʻlar

“Oʻtgan qisqa davr ichida 29,5 trillion soʻmlik isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun mablagʻlar undirildi. Oʻtgan yil shu davrga nisbatan 14,6 trillion yoki 98 foizga koʻp demakdir”, - deb taʼkidladi Aminov.  

Uning soʻzlariga koʻra, “Oʻzbekenergo”, “Oʻztransgaz” va suv taʼminoti korxonalarining sobiq 13 669 nafar nazoratchilari tomonidan MIB tashkil etilgunga qadar 2017 yil 5 oy davomida 5,9 trillion soʻm mablagʻ undirilgan boʻlsa, MIBning 5439 nafar davlat inspektorlari tomonidan, aynan shu davrda - 2018 yil 5 oyda 14,2 trillion soʻm yoki 8,3 trillion soʻmga yoki 139 foizga koʻp mablagʻ undirilishi taʼminlandi.

"Byuroning bir nafar davlat inspektori “Oʻzbekenergo” “Oʻztransgaz” va suv taʼminoti korxonalarining oʻrtacha 6 nafar nazoratchisining ish hajmini bajardi,"- deb alohida taʼkidlab oʻtdi MIB vakili.

Bundan tashqari, qarzdorliklar undirish borasida tezkor yoʻllar 60,8 milliard soʻmlik zarar yetkazish bilan bogʻliq 157 ta jinoiy holat aniqlanib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Isteʼmolchilarning 150 ming nafaridan ziyodi tarmoqdan oʻchirildi. Poraxoʻrlik va talon-taroj qilish kabi holatlar yuzasidan elektr gaz va suv taʼminoti korxonalarining 100 nafar xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.

“Eng asosiysi, bu choralarni koʻrish natijasida debitor qarzdorlik kamaytirishga erishdik. Bundan tashqari, aholi xonadonlari MIB tashkil etilgandan buyon invertarizatsiyadan oʻtkazildi”- dedi MIB rahbar oʻrinbosari.

Uning soʻzlariga koʻra, inventarizatsiya natijasida 1 trillion 742 million soʻmlik noreal qarzdorliklar aniqlandi. Bu holatlar yuzasidan 168 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, aybdorlar tergov va sud oldida javob bermoqda.

“Lekin bu raqamlar bilan MIB oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni toʻliq bajardi deb ayta olmayman, chunki buni aytishga hali erta, oldimizda muammolarimiz juda koʻp”, - deya qoʻshimcha qildi Aminov.  

Debitor qarzdorlik

MIB vakilining soʻzlariga koʻra, bugungi kunda aholi debitor qarzdorligi keskin oshib ketmoqda.

Respublikada 9 mingga yaqin mahallalar boʻlsa, aynan toʻlov intizomi past boʻlgan aholi yashaydigan mahalalarda tahlil qilganida, 3223 ta mahallalar aniqlandi va ana shu mahallarda sektor rahbarlari, jamoatchilik, OAV ishtirokida profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.  

“Eng achinarlisi shundaki, aynan toʻlov qobiliyati boʻla turib toʻlamayotgan isteʼmolchilar koʻpchilikni tashkil qilmoqda. Biz shu isteʼmolchilar bilan ishlashimiz sababi ham mana shunda”, - deb taʼkidladi MIB vakili.   

MIB direktori oʻrinbosari fikriga koʻra, foydalanilgan energiya resurslari uchun mablagʻlarni oʻz vaqtida toʻlanishi energetika sohasidagi muammolarni bartaraf etishga, sohani modernizatsiya qilishga, yangi innovatsion texnologiyalarni olib kiritilishiga, aholi turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular