Bu yil hech kimni gaz tarmog‘idan uzmaslikka niyat qildik – "O‘ztransgaz" rahbari

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSharifjon Tursunov
Sharifjon Tursunov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholiga gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi asbob-uskunalar o‘rnatish rejalashtirilganligi, yangi tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ta’minotini shaffof qilish maqsadida dastur ishlab chiqilganligi aytib o‘tildi.

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Xalqaro press-klub sessiyasida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Sharifjon Tursunov respublika gaz ta’minotidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yoqilg‘i-energetika resurslar narxlarini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi paydo bo‘ldi

“O‘ztransgaz” rahbari axborotiga ko‘ra, tizimda 25 ta kompressor stansiyalar, 14 ta viloyat tarmog‘i, 13,5 ming km katta bosimli magistral quvurlari, 100 ming kmga yaqin o‘rta va past bosimdagi quvurlar mavjud.

“Gaz tizimi tarmog‘i qon tomiriga o‘xshab doimiy nazoratda bo‘lishi kerak. Biz nazoratda bo‘lmagan deya olmayman, nazoratda bo‘lgan. Lekin o‘sha mablag‘ni noto‘g‘ri taqsimlanganligi, gaz ta’minoti noto‘g‘ri bo‘lganligi uchun bugungi ahvolga keldi”, - dedi Tursunov.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat og‘ir emasligi, yangicha yondoshish zarurligi ta’kidlab o‘tdi.  

“Butun dunyoda energiya resurslariga munosabat o‘zgarapti. Dunyoda intiqoz, urush janjal, muzokara hammasini manzili va ma’nosi - bu energiya resurlardir”, - dedi “O‘ztransgaz” rahbari.

"O‘ztransgaz" rahbari muammolarni hal qilish maqsadida 5-yillik konsepsiya ishlab chiqilganligi, bosqichma-bosqich magistral gaz quvurlari, yangi tizimga ikki bosqichli gaz ta’minotiga o‘tishligi ma’lum qildi.

Sharof Ubaydullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Ubaydullayev O‘zbekenergo rahbariga: o‘g‘rilarni tugating, ularga bosh bo‘lmang!

Shuningdek, aholiga gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi asbob-uskunalar o‘rnatish rejalashtirilganligi, yangi tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ta’minotini shaffof qilish maqsadida dastur ishlab chiqilganligini aytib o‘tdi.

“Yillar davomida kuz-qish mavsumiy iste’molchini tarmoqdan uzib qo‘yardik. Bu yil tajriba qilish maqsadida o‘zimizga maqsad qilib qo‘ydik, bu yil hech kimni ulgurji mavsumiy iste’molchini tarmoqdan uzmaslikka niyat qildik. Bunga o‘z chora-tadbirlarimiz bor. Hammasini yo‘lga qo‘ysak, o‘zimizning eng oliy maqsadimiz - xalqimizni roziligini olish va tadbirkor umidini, ishonchini oqlash”, - deb qo‘shimcha qildi “O‘ztransgaz” rahbari.

Yangiliklar lentasi
0