Fransiyaning “Buig” kompaniyasi Buxoroda sayyohlik majmauasi quradi

Obuna bo‘lish
Milliy bank Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda turizm sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati 100 million Yevroni tashkil qiladi.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi arafasida Parijda o‘zbek-fransuz biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Milliy banki hamda Fransiyaning “Buig” korporatsiyasi orasida turizm sohasida umumiy qiymati 100 million yevro bo‘lgan shartnoma imzolandi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.

Imzolangan shartnoma ichiga jumladan Buxoro shahrida “Qadimiy Buhoro” turistik hududini qurish ham kiritilgan. Loyihaga ko‘ra 10 gektar hududda mehmonhonalar, savdo va ko‘ngilochar markaz, restoranlar, sara uy kompleksi, landshaft bog‘larini barpo qilishni nazarda tutadi.

Bitim doirasida “Buig” kompaniyasi loyihalashtirish va qurilishdan tashqari, bu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi investorlarni izlash va qurilgan obektlarni boshqarishda ko‘maklashadi.

Sanatoriy Zamin - Sputnik O‘zbekiston
Baxmal va Zomin ekologik turizm markaziga aylanadi

Undan tashqari “Buig” kompaniyasi bilan O‘zbekistonning boshqa turizm shaharlarida mehmonhonalar va kurortlar tizimi loyihalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni rejalashtirgan.

Imzolangan bitim O‘zbekistonning turizm salohiyatini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, madaniy merosning noyob obektlarini sayyohlarning keng qatlamiga tanishtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, zamonaviy turizm infratuzilmasini tezkor rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Bouygues Batiment International SAS — Fransiyaning 1952-yilda tashkil qilingan yirik qurilish kompaniyalaridan biridir. Buig kompaniyasi barpo qilgan inshootlar orasida - La-Mansh ostidagi tonnel, Defans arkasi, Sharl de Goll nomidagi ayeroportning 2-terminali, avtostradalar va boshqa obektlar bor. Kompaniya kapitali 25 mlrd. yevroga teng, xodimlari soni 133 mingdan ortiq.

Yangiliklar lentasi
0