22:26 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vыstavka Smotrite, eto — NANO!

Frantsiya Oʻzbekistonda zamonaviy korxonalar quradi

© Sputnik / Mixail Fomichev
Iqtisod
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
428 0 0

Frantsiyaning Fives, Total EREN va Marche International De Rungis kompaniyalari bilan Oʻzbekistonda zamonaviy korxonalar tashkil qilish haqida kelishib olindi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Frantsiyaning Fives va Total EREN kompaniyalari Oʻzbekistonda zamonaviy korxonalar ochadi deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi oldidan, 5 oktyabr kuni Parijda oʻzbek – frantsuz biznes forumi boʻlib oʻtgan edi.

Biznes forum doirasida Frantsiyada eng yirik oziq-ovqat logistika markaziga ega boʻlgan Marche International De Rungis kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi orasida Samarqand va Andijon viloyatlarida zamonaviy agrologik markazlar tashkil qilish haqida kelishib olindi.

Shuningdek, “Oʻzbekenergo” va Total EREN kompaniyalari orasida Samarqand viloyatida quyosh elektr stantsiyasi qurish haqida kelishib olindi.

Undan tashqari, “Oʻzqurilishmateriallar” AJ va Fives kompaniyasi orasida avtomobil oynalari ishlab chiqarish haqida bitim imzolandi.

Bank xizmatlari sohasida ham Oʻzbekistonning Milliy banki, Sanoatqurilishbanki va Frantsiyaning NATIXIS va BPI banklari orasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda frantsiya kapitali ishtirokida 16 ta korxonalar tashkil qilingan. Ular orasida 2ta korxona 100% xorijiy kapital ishtirokida tashkil qilingan.

2017 yilda Oʻzbekiston va Frantsiya orasida savdo hajmi 251,6 mln. dollardan oshdi. 2018 yilning yanvar va avgust oylarida— 195,1 mln $. Bu ikki mamlakat orasida hamkorlikni 18,8 %ga oshganini koʻrsatdi.

 

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular