02:39 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami krupneyshix frantsuzskix kompaniy

Shavkat Mirziyoyev Frantsiya biznesini Oʻzbekistonga taklif qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Iqtisod
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
272 0 0

Shavkat Mirziyoyev Frantsiya tadbirkorlarini Oʻzbekistonga faol sarmoya kiritishga chaqirdi.  

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Frantsiya kompaniyalarini Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl vo Frantsiyu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Ayni damda Frantsiyada boʻlib oʻtayotgan rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frantsiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda xususan “Total”, “Total Eren”, “Orano”, “Fivs Shteyn”, “Ranjis Semmaris”, «Vinchi», «Suets», «Sad», «Idemia», «Mersiye», “Tales Aleniya Speys” kabi Yevropa va jahon bozorida yetakchi kompaniyalar hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Frantsiya taraqqiyot agentligi kabi moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda ayni damda xorijiy investorlar faoliyatini ragʻbatlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani hamda tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezirlarli darajada qisqartirilgani taʼkidlandi.

- Xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investitsiyalar boʻyicha kengash tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildik. Uning vazifasi sarmoyadorlar fikrini inobatga olgan holda Oʻzbekiston investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat boʻladi. Sizni kengash ishida faol ishtirok etishga taklif etamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻz navbatida frantsiyalik tadbirkorlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholashdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev tashrifi arafasida Parijda boʻlib oʻtgan oʻzbek – frantsuz biznes forumi davomida umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari boʻyicha kelishuvlar imzolangan edi. 

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular