03:35 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Uzbekskiye denejnыe znaki - sum

Pensiya toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartishlar tayyorlandi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Iqtisod
Havola olish
1836 0 0

Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartishlar kiritish nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilishi nazarda tutilgan:

1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi va 31-moddaning oltinchi qismidagi “sakkiz barobari” degan soʻzlar “oʻn barobari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2) 32-modda matni quyidagi tahrirda bayon etiladi: “Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

2019 yil 1 yanvarga qadar – qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar qoʻshiladi.

Davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalanmaydigan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga oʻxshash pul taʼminotining barcha turlari qoʻshiladi.

Oʻqish davrida toʻlangan stipendiya pensiya soʻrab murojaat etgan kishining xohishiga koʻra ish haqiga tenglashtiriladi.

Ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodim, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subʼyekti oila aʼzosi) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

2019 yil 1 yanvarga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.”

3) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Chet elda yollangan holda ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi:

2019 yil 1 yanvarga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.”.

5) 37-modda birinchi qismida:

a) “a” bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“a) 2019 yil 1 yanvarga qadar – faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa.”;

Vыdacha pensiy v pochtovom otdelenii
© Sputnik / Said Tsarnayev

b) “g” bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“g) yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik mehnat faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi va yuridik shaxs tashkil etmasdan dehqon xoʻjaligidagi faoliyat:

2019 yil 1 yanvarga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda;”.

Asosiy mavzular