03:55 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Otkrыtiye dachnogo sezona v Novgorodskoy oblasti

Davlat va yer uchastkalari: zararni qoplash jamgʻarmasi tuziladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Iqtisod
Havola olish
34610

Jamgʻarma mablagʻlari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun sarflanadi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalarni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror loyihasida zahira jamgʻarmasi mablagʻlarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Vazirlar Mahkamasining davlat hamda jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmasi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zahira jamgʻarmalari mablagʻlarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat hamda jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalari shakllantirish belgilangan.

Qaror ilovasida Respublika va Hududiy jamgʻarmalardan mablagʻ ajratish boʻyicha respublika Kuzatuv kengashi va hududiy Kuzatuv kengashlar tarkibi tasdiqlash nazarda tutilgan.

Qaror loyihasida aytilishicha, Respublika va Hududiy jamgʻarmalar yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etiladi hamda ularning mablagʻlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.

Shuningdek, Respublika va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari orqali davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun sarflanadi.

Qaror loyihasi 10 noyabrgacha muhokama qilinishi belgilangan.

Asosiy mavzular