Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va  Rossiya orasida tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollarga yetkaziladi.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori, dedi Shavkat  Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan hujjatlar imzolash marosimida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

"Rossiya va O‘zbekiston orasida mahsulot ayrboshlash yil boshidan buyon 30 %ga oshdi. Bu yil biz o‘zaro umumiy savdo hajmi 6 milliard dollar bo‘lishini kutmoqdamiz. Yaqin yillar ichida esa – 10 milliard dollar bo‘ladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.    

Biz Rossiya tomoniga o‘zbek meva sabzavotlari uchun yashil koridor yaratib berilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchimiz. Bugun biz ana shunday tamoyil O‘zbekistonning boshqa mahsulotlari uchun ham qo‘llanilishiga kelishib oldik. Xususan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun, - dedi Mirziyoyev.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan tashqari ushbu tashrif doirasida bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda Rossiyaning Gazprom, Gazprombank, Lukoyl, Rosatom, Vneshekonombank va boshqa korxonalari bilan umumiy qiymati 25 milliard dollarov bo‘lgan shartnomalar to‘plami tayyorlandi.

Undan tashqari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston Rossiya Hududlararo hamkorlik” forumida umumiy qiymati 2 milliard dolardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi.  

Shuningdek, bugun O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putin tashrifi doirasida birinchi o‘zbek AESi qurilishiga start berilishina aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0