23:22 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident OAO Lukoyl Vagit Alekperov

Lukoyl direktori Oʻzbekiston shimolidan neft qidirishini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Iqtisod
Havola olish
776 0 0

Rossiya - Oʻzbekiston biznes forumi doirasida "Oʻzbekneftgaz" va "Lukoyl" 2 yillik oʻzaro tushunish memorandumi imzolashdi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Lukoyl direktori Vagit Alekperov Oʻzbekiston shimoli neft qidirish uchun imkoniyat mavjudligini aytdi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Lukoyl” “Oʻzbekneftgaz” bilan birgalikda, umumiy maydoni 45 ming kvatrat kilometr boʻlgan ushbu hududda, razvedka qazish ishlari olib borishga qaror qildi, dedi Rossiya kompaniyasi rahbari.  

“Mutaxassislar dastlab tarixiy seysmik jarayonlarni, keyin – zamonaviy seysmikani oʻrganib chiqishadi va ularning natijasiga asosan razvedka qazish ishlari uchun asos bor yoki yoʻqligini aniqlashadi”,- dedi Alekperov.   

Juma kuni Oʻzbekiston va Rossiyaning neft kompaniyalari oʻzaro tushunish haqida memorandum imzolashgan edi. Memorandum 2 yil muddatga tuzilgan.

Eslatib oʻtamiz, “Lukoyl” shu vaqtga qadar Oʻzbekistonga eng yirik miqdorda sarmoya kiritgan xorijiy kompaniya hisoblanadi. Kompaniya umumiy sarmoyalar miqdori 6 mlrd dollarga yaqin.

Asosiy mavzular