Ravon avtomobillari Rossiya avtosalonlarida yana paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAvtomobil "Ravon Nexia R3"
Avtomobil Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ravon avtomobillari Ufa avtosalonlariga yetkazildi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘zbekistondan avtomashinalar Ufa avtosalonlariga yetkazildi, ammo ular hali xaridorlarga taklif qilinmadi, deb yozdi “Rossiyskaya gazeta” nashri.

Bundan avval internetda R2, R3 va R4 avtomobillarini Ufa tomon olib borayotgan avtovoz rasmi paydo bo‘lgandi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil narxlari keskin ko‘tariladi: R3 sedanining maksimal komplektatsiyasi uchun diler 1 000 050 rubl so‘raydi, shunga o‘xshash R4 uchun - 1 089 000 rubl. Avval bu mashinalar mos ravishda 579 ming va 629 ming rubl edi.

GM Uzbekistan provela prezentatsiyu novogo pokoleniya modeli “Malibu” s turbodvigatelem - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan ilk bor turbodvigatelli avtomobilni test-drayvdan o‘tkazdi

“Narxlar hali tasdiqlanmagan, shu sababli avtomashinalarni hozircha sotib olib bo‘lmaydi”, - dedi Ufadagi avtosalon menejeri nashriga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, narxlar yuqorida aytilgan miqdorga yaqin bo‘ladi - ya’ni, bir million rubldan oshadi.

Boshqacha aytganda, Ravon avtomobillari budjet kategoriyasidan chiqadi.

Ravon brendning rasmiy saytida narxlar ro‘yxati yo‘q, sababi “narxlar qayta ko‘rib chiqilmoqda”. 

Eslatib o‘tamiz, Ravon avtomashinalari Rossiyaga yetkazib berish bahor yakunida to‘xtatilgandi. Yoz va sentabr oyida bironta ham Ravon avtomobili sotilmadi.

Yangiliklar lentasi
0