08:30 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
610 0 0

Qaror loyihasida paxta yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarni joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash Respublika ishchi guruhiga qator vazifalar koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik.  “2019-2023 yillar davrida paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Ushbu qaror bilan paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarni joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanishi mumkin.

Respublika ishchi guruhi tomchilatib sugʻorish tizimlari uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish;  tomchilatib sugʻorish tizimlari uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga talab qilinadigan polietilen granulasi miqdorini aniqlash, belgilangan tartibda kvota ajratishni va imtiyozli narxlarda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida berishni tashkil qilish hamda ajratilgan polietilen granulasidan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring oʻrnatish; tomchilatib sugʻorishda ishlatiladigan import va ishlab chiqariladigan mahsulotlar turiga zarur texnik talablar belgilashni tashkillashtirish vazifalari bilan shugʻullanishi belgilangan.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, 2019-2023 yillar davrida zamonaviy tomchilatib sugʻorish tizimlari:

- paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda boshqa paxta xomashyosini yetishtiruvchi tashkilotlar tomonidan ularga paxta yetishtirish uchun berilgan maydonlarda;

- fermer xoʻjaliklari tomonidan ularga ijaraga berilgan yer maydonlarida bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Tijorat banklari tomonidan klasterlar, fermer xoʻjaliklari va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar hamda tomchilatib sugʻorish tizimlari, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga ajratilgan tijorat banklari kreditlarining foizlarini qoplash uchun davlat tomonidan belgilangan tartibda subsidiyalar ajratish koʻrsatilgan.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi shu yil 1 dekabrga qadar resurstejamkor texnologiyalari joriy etiladigan maydonlarda fermer xoʻjaliklari kesimida tomchilatib sugʻorish texnologiyasiga mos gʻoʻza navlarini tanlash va ularni joylashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlab Vazirlar Mahkamasiga kiritish nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular