22:40 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Avtomobil Chevrolet aveo

Oʻzbekiston Ukraina sanktsiyalariga qarshi qanday choralar koʻrishi mumkin?  

© Flickr / loubeat
Iqtisod
Havola olish
381710

Milliy bozorni himoya qilish biz uchun ham muhim masala, biroq biz, birinchi navbatda, iqtisodiy foydadan koʻra - oʻzaro doʻstlik va hurmatga putr yetmasligini istaymiz - deputat.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Ukraina tomonidan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarga nisbatan antisubsidion tekshiruv oʻtkazayotgani munosabati bilan, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDep fraktsiyasi vakili Rasul Kusherbayev, Sputnik muxbiriga rasmiy Toshkent bunga qanday javob qaytarishi mumkinligi haqida aytib berdi.

Deputat, avvalombor Oʻzbekiston va Ukrainaning barcha ijtimoiy va iqtisodiy aloqalari asosida doʻstlik va oʻzaro hurmat borligini qayd etdi. Ukraina deputatlari tomonidan Oʻzbekiston avtomobillariga nisbatan oʻtkazilayotgan tekshiruvlar Oʻzbekiston bilan boʻlgan erkin savdo munosabatlarini cheklashga qaratilmaganiga umid bildirdi.

Ikkinchidan, deputat agar Oʻzbekiston mahsulotiga nisbatan biror cheklov kiritilsa, Oʻzbekiston ham ana shunday cheklovlar kiritishi mumkinliga haqida aytib oʻtdi. 

Kusherbayev keltirgan raqamlarga koʻra, Ukrainadan Oʻzbekistonga oxirgi uch yil davomida 642 million dollarlik mahsulot import qilinganini. Ulardan 142 mlrd soʻmlik bojxona toʻlovlari undirilib, 510 mlrd soʻmlik imtiyozlar berilgan. Oʻzbekiston esa shu davr mobaynida Ukrainaga atigi 169 million dollarlik mahsulot  eksport qilgan.

Shu bilan birga, ayni damda Ukrainada ishlab chiqarilayotgan yogʻ-moy, konditer, dori vositalari kabi mahsulotlarning muqobili Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarilmoqda.

"Milliy bozorni himoya qilish biz uchun ham muhim masala, biroq biz birinchi navbatda iqtisodiy foydadan koʻra, oʻzaro doʻstlik va hurmatga putr yetmasligini istaymiz. Shu bois ukrainalik doʻstlarimiz uzoq yillardan beri mavjud munosabatlarimizga, xalqlar doʻstligiga putr yetkazmaydigan sogʻlom fikrli qaror qabul qilishlariga umid qilamiz", - dedi deputat. 

Shu bilan birga, biz, bizga koʻrastilayotgan munosabatga nisbatan, bizning Hukumatimiz ham zarur choralarni koʻrishi mumkinligini xabar qilmoqdamiz.

Eslatib oʻtamiz, bundan bir oy oldin Ukraina deputatlari Ukraina avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi talabiga asosoan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan  avtomobillariga nisbatan antisubsidion tekshiruv oʻtkazishi mumkinligi haqida eʼlon qilgan edi.

Ukraina avtomobil ishlab chiqaruvchilari fikriga koʻra, Oʻzbekiston hukumati avtomobil sanoatiga koʻrsatayotgan yordam evaziga Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar raqobatni yutqizmoqda va bozordagi ulushini yoʻqotmoqda.

Antisubsidion tekshiruv natijasida, Oʻzbekiston hukumatining  yordami tasdiqlansa, Oʻzbekiston avtomobillariga nisbatan 10-17 % qoʻshimcha boj kiritilishi mumkin. Shunga oʻxshash vaziyat bundan bir yil oldin Rossiya avtomobillari bilan ham sodir boʻlgan edi.

Asosiy mavzular