12:31 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vrachi-gematologi v Uzbekistane

Davlat tibbiyot muassalari xodimlarining maoshi oshirildi

Foto:Ministerstvo zdravooxraneniya Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
253203

Davlat tibbiyot muassasalari  va farmatsevtika xodimlarining maoshlari, 2019 yilning may oyiga qadar 38 %ga oshiriladi. 

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda davlat tibbiyot muassasalari va farmatsevtika xodimlarining  maoshlari 1 dekabrdan boshlab oshiriladi. Bu haqida 7 noyabr kuni imzolangan prezident qarorida aytib oʻtilgan, OʻzA xabariga asosan.

“Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar va 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilsin”, - deyilgan prezident qarorida.

Umumiy hisob-kitob qilganda, 2019 yilning 1 aprelidan boshlab davlat tibbiyot muassasalari  va farmatsevtika xodimlarining maoshi bugungi kunga nisbatan +38 %ga oshiriladi. 

Kelajakda ushbu soha vakillari maoshlari bundan ham yuqori boʻlishi mumkin, chunki qarorda yuqoridagi sohalar xodimlarining maoshlari “xalqaro tajribani oʻrganish asosida tubdan qayta koʻrib chiqiladi” deyilgan. Xususan,  Sogʻliqni saqlash vazirligi 2019 yilning 1 iyuliga qadar Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritishi kerak:   

  • davlat tibbiyot muassasalari va farmatsevtika xodimlarining lavozimiga va malakasiga, koʻrsatiladigan tibbiy yordamning murakkablik va javobgarlik darajasi, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari ixtisosligiga qarab - bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish haqida;
  • tibbiyot xodimlari faoliyatining unumdorligini zamonaviy usullar yordamida baholash,  davolangan bemorlar elektron statistikasini tatbiq etish va bemorlar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish orqali joriy etish haqida; 
  • alohida oʻrnak koʻrsatgan vrachlarga, Tibbiyot tashkilotlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan tarif stavkasining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash haqida.  

Undan tashqari prezident qarorida 2020 yildan boshlab Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari bosqichma-bosqich oshirilish haqida aytib oʻtilgan.

Prezidentning “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ga qarorining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular