08:02 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
1146 0 0

Xalqaro valyuta fondi Yaqin Shark va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori oʻrinbosari Yuxa Kaxkonenning soʻzlariga koʻra, iqtisodni dollarga tobelikdan saqlash mumkin va Oʻzbekistonda bu borada Markaziy bank katta xizmat koʻrsata oladi

TOSHKENT, 10 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xalqaro valyuta fondi vakili Yuxa Kaxkonen Oʻzbekiston iqtisodining "dollarlashuvi" darajasini qanday pasaytirish mumkinligi borasida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Kaxkonenning taʼkidiga koʻra, Markaziy Osiyo mintaqasining aksariyat mamlakatlari iqtisodida "dollarlashuv" darajasi yuqori. Ammo dollarga tobelikni pasaytirish mumkin. Buning uchun milliy valyutaga boʻlgan ishonchni orttirish talab etiladi.

Kaxkonen Markaziy bank bu borada salmoqli ishni amalga oshirishi mumkinligini qayd etdi.

"... misol uchun - rezervlarni koʻpaytirish, rezervlar boʻyicha chet el valyutasiga boʻlgan talablarni kuchaytirish kerak. Lekin aholi va investorlarda mahalliy valyutaga ishonch boʻlishi juda muhim", - dedi u. 

XVF vakiliga koʻra, Markaziy bank milliy valyutaga boʻlgan ishonchni ijobiy tomonga oʻzgartirishi uchun u inflyatsiya darajasini nazoratda ushlab tura olishini koʻrsatishi kerak. 

"Yil davomida - boshida va oxirida, qolaversa, yildan yilga inflyatsiya kutilgan prognoz koʻrsatkichlariga mos boʻlsa isteʼmolchilar yoki biznes strukturalarda kredit olishda yoki jamgʻarma ochishda chet el valyutasidan foydalanishlari uchun sabablar kamayadi", - deb taʼkidladi Kaxkonen. 

Shu bilan birga, Kaxkonen Oʻzbekistonda narxlar liberallashuvi jarayoni kechayotgani tufayli maʼlum vaqt inflyatsiyani bitta raqam darajasiga olib kelish qiyin boʻlishini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 9 noyabr kuni XVF departamenti direktori oʻrinbosari Yuxa Kaxkonen "Mintaqaviy iqtisod tahlili" dokladi bilan chiqish qildi. Kaxkonen Oʻzbekiston Hukumatining soliq sohasida va davlat korxonalarini isloh qilish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlariga, shuningdek, narxlarni liberallashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlariga ijobiy baho berdi. 

Xalqaro valyuta fondi maʼlumotiga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekistonda inflyatsiya 19,2 %, 2019 yil esa 14,9 % darajasida kutilmoqda. Markaziy bank raisi oʻrinbosari Ilhom Norqulov esa hukumat 2018 yil yakunida inflyatsiya darajasi 16-17 % va 2019 yilda 13-15 % boʻlishini prognoz qildi.

Asosiy mavzular