21:52 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Krasnыy i zelenыy koridorы

Sariq, qizil, yashil va koʻk yoʻlak: bojxona koʻrigi faqat videokuzatuv ostida amalga oshiriladi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
36410

Shavkat Mirziyoyev “Bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” farmonni imzoladi.

TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Oʻzbekiston bojxona xizmati xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini toʻliq rejimda joriy etilishini taʼminlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.

2018 yil 1 dekabrdan boshlab:

- “sariq yoʻlak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;

- “qizil yoʻlak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;

2019 yil 1 martdan boshlab:

- “yashil yoʻlak”, bunda xavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;

- “koʻk yoʻlak”, bunda xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Farmon bilan bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” hamda chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda bojxona terminallarini qurish tarmoq jadvali tasdiqlandi.  

Shuningdek, 2019 yil 1 fevraldan boshlab:

- Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari instituti joriy etiladi;

- “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha bepul asosda xizmat koʻrsatuvchi shaxslarning maxsus guruhi – “front-ofis” tuzish va uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha amalga oshiriladi.

2019 yil 1 martdan boshlab olib kiriladigan tovarlarning bojxona koʻrigi uch oy davomida bojxona koʻrigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, farmon bilan barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini davlat bojxona organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab bekor qilindi.

Asosiy mavzular