Tojikiston O‘zbekistonga qancha elektr energiya yetkazib berdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach, arxivnoe foto
Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston qo‘shni respublika eksport qilingan elektr energiya miqdorini ma’lum qildi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Tojikiston O‘zbekistonga shu yil aprel-sentabr oylari davomida qariyib 1,4 milliard kVt/s elektr energiya yetkazib berdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Usmonali Usmonzoda - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Surxondaryo viloyatini to‘liq elektr energiya bilan ta’minlay oldi - Usmonzoda

O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiya bir kilovattini ikki AQSh senti narxida oldi.

Biroq, sentabr oyida Tojikiston ichki ehtiyoji tufayli O‘zbekistonga energiyani eksport qilish to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston 2018-yil aprel oyida O‘zbekistonga elektr energiyani yetkazib berishni boshlangandi.

Ilgariroq, Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish sohasidagi yutuqlar to‘g‘risida so‘zlab bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston yoz mavsumida Surxondaryo viloyatini to‘liq elektr energiya bilan ta’minlay oldi.

Yangiliklar lentasi
0