06:20 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Avtbomobil Chevrolet Malibu

Chevrolet Malibu boshqa yangilangan modellarga yoʻl ochib beradi

© Flickr / Tino Rossini
Iqtisod
Havola olish
374 0 0

GM Uzbekistan Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodini ishlab chiqarishni toʻxtatadi.

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan toʻxtatiladi, deb xabar qildi GM Uzbekistan matbuot xizmati.

Ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018 yil 31 dekabriga qadar davom etadi.

GM Uzbekistan maʼlum qilishicha, dilerlik korxonalari bilan birgalikda xaridorlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini toʻliq taʼminlaydi hamda avval shartnoma tuzgan xaridorlarga avtomobil toʻliq hajmda yetkazib beriladi.

Malibu avtomobili Oʻzbekistonda 2012 yilda ishlab chiqarila boshlangan edi. 2016 yil dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Chevrolet Malibu juda qulay avtomobil ekanligini aytgandi.  

Xususan, Oʻzbekiston prezidenti Samarqandda JV MAN Auto — Uzbekistan korxonasiga tashrif buyurganda qirgʻizistonlik hamkasbiga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalarni namoiysh qilgandi.

"Bu esa Chevrolet Malibu. Shanba-yakshanba kunlari oʻzim shunda yuraman. Juda qulay», — degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Asosiy mavzular