07:13 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Papka s dokumentami

Moliya vazirligi Davlat byudjetini keng ommaga tushunarli koʻrinishda chop etdi

Spuntik / Dmitriy Astaxov
Iqtisod
Havola olish
214 0 0

"Fuqarolar uchun byudjet" - BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining moliyaviy yordamida tayyorlangan.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri tayyorlanib, ommaga havola etildi.

Soddalashtirilgan byudjet loyihasi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining moliyaviy yordamida tayyorlangan.

“Fuqarolar uchun byudjet – bu Davlat byudjeti toʻgʻrisida, keng omma (barcha fuqarolar) uchun qulay va tushunarli tilda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻplamidir”, - deb maʼlum qilishdi vazirlikda.

Xabarda keltirilishicha, “Fuqarolar uchun byudjet” loyihasida iqtisodiy termin va atamalardan iloji boricha kamroq foydalangan holda koʻproq, inforgrafikalar, misollar va tahliliy koʻrsatkichlardan foydalanib, fuqarolarga imkon qadar qoʻproq foydali maʼlumotlarni yetkazish maqsad etib belgilangan.

2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasida 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida koʻzda tutilgan soliq va byudjet siyosati islohotlarning asosiy yoʻnalishlari aks ettirilgan.

“Fuqarolar uchun byudjet” loyihasining xulosaviy qismida “Sizning fikringiz”shaklida savolnoma keltirilgan. Ushbu savolnoma natijalaridan navbatdagi loyihani ishlab chiqishda foydalaniladi.

Shuningdek, Moliya vazirligi “Ochiq byudjet” saytini ishlab chiqmoqda. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan Davlat byudjeti maʼlumotlarini onlayn tarzda olishlari mumkin boʻladi.

Fuqarolar uchun byudjet loyihasi Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Norvegiya, Braziliya, Meksika va boshqa koʻplab yetakchi davlatlarda chop etiladi.

Asosiy mavzular